Sportning Beshkurash turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Sportning Beshkurash turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Oʼzbekiston Respublikasi DXX, QK, IIV, FVV Аkademiyalari, Bojxona instituti va Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarini harbiy vatanparvarlik, maʼnaviy-ahloqiy ruhda hamda jismonan sogʼlom etib tarbiyalash boʼyicha hamkorlik rejasiga asosan joriy yilning 29-30 mart kunlari Universitet tomonidan sportning "Beshkurash" turidan musobaqa oʼtkazildi. Ushbu musobaqada kursantlar 100 metrga yugurish, 4x100 metrga yugurish estafetasi, turnikda koʼtarilib toʼntarilish, 3000 metrga yugurish, 24 kg toshni koʼtarish boʼyicha bellashdilar. Musobaqa natijasiga koʼra fahrli birinchi oʼrinni Qurolli Kuchlar akademiyasi, ikkinchi oʼrinni Jamoat xavfsizligi universiteti va uchinchi oʼrinni Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi egalladi. Sovrindorlar diplom, medal, kubok va sovgʼalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, musobaqadagi har bir beshta sport turlari boʼyicha "Eng yuqori natijasi uchun" nominatsiyalari boʼyicha ham kursantlar taqdirlandi.

218
Chop etish
Text to speech