SPORT – TINCHLIK GАROVI

SPORT – TINCHLIK GАROVI

Bugungi kunda mamlakatimizda sogʼlom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan  ishlar yangi va qizgʼin bosqichga chiqqan. Аyniqsa, bu masala yoshlar orasida  keng targʼib etib,   yosh avlodda qatʼiy hayotiy pozitsiya, Vatanga sadoqat tuygʼusini shakllantirishda yaxlit tizim yaratilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi  «Oʼzbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi PF-5924-son hamda 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sogʼlom turmush tarzini keng targʼib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi 6099-son farmonlari ijrosini taʼminlash, yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni qoʼllab-quvvatlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish” boʼlimi va Jamoat xavfsizligini taʼminlash kafedrasi bilan hamkorlikda “SPORT – TINCHLIK GАROVI” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Davra suhbatiga taniqli sport jurnalistlari: “Sport”, “Sport+” gazetalari bosh muharriri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Mirzahakim Toʼxtamirzaev hamda isteʼdodli sharhlovchi va shoir Xayrulla Hamidov taklif etildi. Mazkur tadbirda mehmonlar universitet professor-oʼqituvchilari va kursantlarga sportning futbol turi tarixi, jahon miqyosi va Oʼzbekistonda futbolning rivojlanishi, yurtdoshlarimiz xalqaro arenalarda qoʼlga kiritayotgan ulkan gʼalabalar haqida koʼplab maʼlumotlar taqdim etildi hamda futbol va sportning boshqa turlari boʼyicha koʼplab savollarga javob berildi, sheʼrlar oʼqildi. Shu bilan birga “Sport bilimdoni” tanlovi oʼtkazilib, toʼgʼri javob bergan uch kishiga sportga oid kitoblar sovgʼa qilindi. Davra suhbati qiziqarli bahs-munozaralarga boy tarzda oʼtib, ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi, kursantlarda kelgusida taʼlim jarayoni, harbiy xizmatni oʼtash  bilan birgalikda  sportga qiziqishni yanada kuchaytirishga sabab boʼldi.

455
Chop etish
Text to speech