“Oila adabiyotlari burchagi” tashkil etildi

“Oila adabiyotlari burchagi” tashkil etildi

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Аxborot-resurs markazida Oʼzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi huzuridagi “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan taqdim etilgan oila va oilaviy munosabatlar mavzusiga bagʼishlangan adabiyotlar taqdimoti oʼtkazildi. Taqdimotda “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi professor-oʼqituvchilari tarkibi va “Tarbiyaviy-psixologik taʼminlashning qoʼmondonlik-shtab faoliyati” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari ishtirok etishdi. Tadbirda soʼzga chiqqan “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi boshligʼi podpolkovnik Z.Аlimardonov, Jamoat xavfsizligi universiteti va “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti oʼrtasida 2020 yilda tuzilgan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisidagi memorandumga muvofiq amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqot loyihalari hamda boshqa tashkiliy chora-tadbirlar mazmun-mohiyati yuzasidan maʼlumotlar berib oʼtdi. Shundan soʼng “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash” kafedrasi boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik Gʼ.Ikmatullaev “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan taqdim etilgan 15 nomdagi monografiya, amaliy qoʼllanma, risolalar haqida qisqacha maʼlumot berib oʼtdi. Taʼkidlash lozimki, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy jamoasi tomonidan tayyorlangan adabiyotlar tegishliligiga  koʼra magistrlik dissertatsiyani tayyorlayotgan tinglovchilar uchun ilmiy manbaa boʼlib xizmat qiladi. Taqdimotda ularga ham mana shunday ilmiy mahsulotlarni yaratish yuzasidan koʼrsatmalar berildi. Taqdimot yakunida “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan taqdim etilgan adabiyotlar Аxborot-resurslar markaziga taqdim etilib, Markazda “Oila adabiyotlari burchagi”ni tashkil etish hamda uni muntazam ravishda yangi nashr etilgan adabiyotlar bilan toʼldirib borishga kelishib olindi.

545
Chop etish
Text to speech