Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy usullar samaradorligi

Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy usullar samaradorligi

Joriy yilning 23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida yapon tilini o‘qitishga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi. Dars mavzusi “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy usullar samaradorligi” deb nomlanib, mazkur darsni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Yapon filologiyasi” kafedrasi mudiri , f.f.d. (PhD), dotsent Xalmurzayeva Nadira Tashmurzayevna olib bordi. Mahorat darsi jarayonida tinglovchilar assotsiativ fikrlash metodologiyasi yordamida kommunikativ kompenetsiyani shakllantira olishdi. Til o‘rganishning mazkur usuli xorijiy tildagi leksikani qisqa vaqt ichida o‘zlashtirishda yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida xarbiy ta’lim muassasalarida kursantlarga xorijiy tilni o‘qitishda nihoyatda samarali usul hisoblanadi.

687
Chop etish
Text to speech