Har bir inson uchun oila muqaddas dargoh hisoblanib, hayotimizning asosiy qismi oila davrasida oʻtadi. Barcha soha vakillari qatori harbiy xizmatchilarning oilasi ularning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega boʻlib, mazkur faoliyatning muvaffaqiyati koʻp jihatdan oilaviy muhitga bogʻliq boʻladi.
Xususan, joriy yilning 5 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari oʻrtasida “Harbiy xizmatchilar oilasidagi ijtimoiy-psixologik muammolar” mavzusida tashkil etilgan tadbirda harbiy xizmatchilar oilalarida yuzaga keladigan ijtimoiy-psixologik muammolar mutaxassislar nuqtai nazaridan muhokama etildi hamda ularning echimlari yuzasidan taklif va tavsiyalar beriladi. Tadbir davomida orkestr va “Alvon beretlar” badiiy jamoasi, qoʻl jangi va qurol guruhi tomonidan taqdim etilgan badiiy va koʻrgazmali chiqishlar hamda bolajonlar oʻrtasida tashkil etilgan qiziqarli oʻyinlar tadbir ishtirokchilariga koʻtarinki zavq bagʻsh etdi.