YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakili, Bolalar himoyasi dasturi boshligʼi Аntoniya Lyudeke is…

YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakili, Bolalar himoyasi dasturi boshligʼi Аntoniya Lyudeke ishtirokida seminar-trening…

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi tashabbusi bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida (offlayn), respublikaning boshqa viloyatlarida (online) shaklda YUNISEFning Oʼzbekistondagi vakili, Bolalar himoyasi dasturi boshligʼi Аntoniya Lyudeke ishtirokida seminar-trening oʼtkazildi. Seminar-trening oʼtkazishdan maqsad ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan bolalar psixikasi, ularga ota-ona tomonidan munosabat va uni oilaga moslashishi boʼyicha horijiy davlatlarning ilgʼor tajribalari oʼrganishdan iboratdir. Tadbirni Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devon Mehribonlik bolalar muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshligʼi, polkovnik Pirmatov Аlisher Аshurmatovich kirish soʼzi bilan ochib berdi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devon Mehribonlik bolalar muassasalari bilan ishlash boshqarmasi ofitserlari, Universitet Harbiy-vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi professor-oʼqituvchilari, Oilaviy bolalar uyini tashkil etmoqchi boʼlgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hamda respublikaning boshqa hududidagi ota-onalar, ishtirok etdi. Shundan soʼng, seminarda Toshkent shahrida oilaviy bolalar uyini tashkil etmoqchi boʼlgan fuqaro Maxmudov Dilshod Raimovich oʼzining fikrlarini yigʼilganlar bilan oʼrtoqlashdi. Tadbir soʼngida kelgusida ham Yunisefning Oʼzbekistondagi vakillari tomonidan Milliy gvardiya qoʼmondonligi oʼrtasida hamkorlik masalariga kelishib olindi.

484
Chop etish
Text to speech