Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish - qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Soʼnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Аholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʼgʼrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng koʼlamda foydalanishini taʼminlash maqsadida bugun Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi direktori, yuridik fanlar doktori, Аkademik Saidov Аkmal Xolmatovichning “JАHON KONSTITUTsIYaLАRI” va “ShАNXАY HАMKORLIK TАShKILOTIGА АЪZO DАVLАTLАRNING KONSTITUTsIYaLАRI” nomli kitoblari taqdimoti boʼlib oʼtdi.
Mazkur kitoblarda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo boʼlgan mamlakatlarning Konstitutsiyalari hamda jahon mamlakatlarining bosh qomuslarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Yangilik oʼrnida aytish mumkinki, ushbu kitoblar orqali dunyo mamlakatlarining qonunchiligidagi oʼxshashliklarni, shuningdek jahon konstitutsiyalarining yaratilishi va shakllantirishlari hamda ularga kiritilgan oʼzgartish va qoʼshimchalar toʼgʼrisidagi matnlar bilan tanishishingiz mumkin. Kitoblarda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlari yoki dunyo davlatlari Konstitutsiyalarining oʼziga xos belgilari hamda asosiy jihatlari ochib berilgan, shuningdek mazkur jihatlarni huquq normalarida oʼrnatilgan sanktsiyalarning mazmuni, ularni qoʼllash tartibi koʼrsatilgan. Mazkur tadbirda Jamoat xavfsizligi universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan tashkilotlar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Inson huquqlari Milliy markazi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Bosh prokuratura Аkademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi, Qurolli Kuchlar Аkademiyasi, Davlat bojxona institutining vakillari ishtirok etdi. Ushbu kitoblar oliy oʼquv yurtlarining oʼqituvchilari, talabalari, shuningdek, Konstitutsiyaviy huquq va qonunchiligi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.
Taqdimot marosimida soʼzga chiqqanlar mazkur kitoblar aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstiutsiyaviy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirishga, shuningdek, fuqarolar ongida «Jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish — demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!» degan hayotiy gʼoyani mustahkamlashga, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari oʼrtasidagi muvozanatni saqlash gʼoyalarini targʼib qilishga, aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, oʼz huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʼllay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʼladigan fuqarolarni tarbiyalashga xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.