Олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрларни тайёрлаш тизими ва уни ривожлантириш истиқб…

Олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрларни тайёрлаш тизими ва уни ривожлантириш истиқболлари

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim fakulьteti tomonidan Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan oʼquv markazi hamda Fargʼona mintaqaviy oʼquv markazi bilan hamkorlikda 2022 yilning 28 oktabr kuni Ixtisoslashtirilgan oʼquv markazida Universitetning oliy taʼlimdan keyingi taʼlimini mustaqil izlanuvchilik shakliga oʼqiyotgan tadqiqotchilar, shuningdek oʼquv markazlarining rahbarlari, professor-oʼqituvchilari ishtirokida “Ilm-fanni rivojlantirish orqali biz mamlakatni rivojlantiramiz!” shiori ostida “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy seminar boʼlib oʼtdi. Tadbirni Milliy gvardiyaning Ixtisoslashtirilgan oʼquv markazi boshligʼi, yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD), polkovnik Babayev Аkmal Аbdukarimovich kirish soʼzi bilan ochib berdi. Ilmiy seminar davomida Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim fakulteti boshligʼi, yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD), dotsent, podpolkovnik Maxsadov Maxsatullo Ismatovich tomonidan seminar mavzusiga oid ilmiy faoliyat metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlash tartibi, doktorlik dissertatsiyasi va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari, dissertatsiyalar ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishini baholash, malakaviy imtihonlarni oʼtkazish tartibi, kelgusida mamlakatimizda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi va uni rivojlantirish boʼyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, Milliy gvardiya qoʼmondonining Milliy gvardiya tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish tartibi boʼyicha rahbariy hujjatlarini mazmun-mohiyati toʼgʼrisida tadbir ishtirokchilariga atroflicha maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga, tadbir jarayonida fakultet masʼul ijrochisi N.Toshbekov  tomonidan oʼquv markazlaridan izlanuvchi boʼlgan tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini monitoringi natijalari yetkazildi. Tadbir davomida Milliy gvardiyaning Ixtisoslashtirilgan oʼquv markazi va Fargʼona mintaqaviy oʼquv markazi boshliqlari tomonidan oʼquv markazlarida izlanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va bu yoʼnalishda olib borilyotgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdilar. Tadbir soʼngida izlanuvchilar va professor-oʼqituvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish tartibi boʼyicha berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

505
Chop etish
Text to speech