"Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʼzaro bogʼliqlikdagi dunyoda muloqot…

"Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʼzaro bogʼliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik" mavzusidag…

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ShHTning 2022 yil 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida boʼladigan sammitiga bagʼishlangan “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʼzaro bogʼliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” mavzusidagi maqolasining mazmun-mohiyati va ShHT Samarqand sammitida kutilayotgan siyosiy yangiliklar va uning ahamiyati borasida universitet harbiy xizmatchi va kursantlari ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Davra suhbatini universitet boshligʼining oʼrinbosari polkovnik I.А.Mahmudov kirish soʼzi bilan ochib berdi. Tadbir davomida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar boʼyicha falsafa doktori, mayor Аsrorjon Sattorov tomonidan mavzu doirasida maʼruza qilindi. Maʼruzachi oʼz maʼruzasida 12 sentabr kuni eʼlon qilingan prezidentimiz maqolasining mazmun-mohiyati, Samarqand shahrida boʼlib oʼtishi belgilangan sammitning mamlakatimiz taraqqiyoti va barqarorligi uchun ahamiyati, sammit doirasida imzolanishi kutilyotgan 30 dan ortiq hujjatlardan koʼzlangan maqsadlar, tashkilotga aʼzo davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashdagi oʼrni yoritib berildi. Shuningdek, prezidentimiz taklifiga binoan sammitdan oldin yaʼni 14 sentabr kuni Xitoy rahbari Si Szinpin va Eron davlati rahbari Ibrohim Raisiylarning tashrifi va tashriflardan kutilayotgan ayrim natijalar haqida toʼxtalib oʼtildi. Ushbu sammit har qachongi sammitlardan farqli ularoq 2019 yildan boʼyon oʼtkazilmagan jonli tarzda boʼlib oʼtishi, davlatlar va tashkilotlar rahbari jonli muloqoti bilan ahamiyatli ekanligi taʼkidlandi.

Davra suhbati davomida ishtirokchi kursanlar tomonidan bir qator qiziqarli savollar berildi va batafsil javoblar olindi.

373
Chop etish
Text to speech