Referendum uchastkalari komissiyalari aʼzolarining 4600 nafari oʼqitildi

Referendum uchastkalari komissiyalari aʼzolarining 4600 nafari oʼqitildi

Maʼlumki, 2023 yil 30 aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasining referendumi boʼlib oʼtadi. Shu boisdan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan referendumga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish boʼyicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Xususan, 10 ming 758 ta referendum uchastkalari komissiyalari tarkibi qariyb 117 ming nafar aʼzodan iborat tarkibda tasdiqlandi. Аvval xabar qilinganidek, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼining birinchi oʼrinbosari, yu.f.d, professor, podpolkovnik O.K.Turgʼunov rahbarligidagi Universitet professor-oʼqituvchilari tarkibidan iborat respublika trenerlari guruhi – yu.f.b.f.d. (PhD) kapitan D.X.Mamarasulov, p.f.b.f.d. (PhD) podpolkovnik Gʼ.Z.Ikmatullaev, yu.f.b.f.d. (PhD) podpolkovnik Oʼ.M.Davletov, yu.f.n., dotsent А.А.Nuridullaev, yu.f.b.f.d. (PhD), mayor X.M.Olimjonov, katta leytenant Sh.O.Аxmedovlar 2023 yil 13 mart kunidan buyon Fargʼona viloyatida referendum oʼtkazuvchi okrug va uchastkalar tarkibi bilan mashgʼulotlarni tashkil etish, monitoring qilish hamda ularga uslubiy yordam koʼrsatish ishlarida ishtirok etmoqdalar. Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rejasiga muvofiq ushbu guruh tomonidan 2023 yilning 15–18 aprel kunlari Fargʼona viloyatining Quvasoy shahrida 410 nafar, Margʼilon shahrida 488 nafar, Quva tumanida 612 nafar, Toshloq tumanida 572 nafar, Yozyovon tumanida 246 nafar, Qoʼshtepa tumanida 695 nafar, Fargʼona tumanida 899 nafar, Oltiariq tumanida 678 nafar tinglovchilarning referendum qonunchiligi boʼyicha oʼquvlari tashkil etildi. Bundan tashqari guruh tomonidan Fargʼona viloyatida tashkil etilgan referendum oʼtkazuvchi 1209 ta uchastka komissiyalaridan tanlov asosida 108 tasi tarkibining bilimlari savol-javob asosida baholanib, ushbu referendum uchastkalarining jihozlanishi hamda hujjatlarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi oʼrganildi. Fargʼona viloyatining qolgan tuman va shaharlarida referendum oʼtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzolarining oʼquvlari davom etmoqda.

312
Chop etish
Text to speech