Referendum qonunchiligi boʼyicha uchinchi bosqich mashgʼulotlari yakunlandi

Referendum qonunchiligi boʼyicha uchinchi bosqich mashgʼulotlari yakunlandi

2023 yilning 29–30 mart kunlari Farg‘ona viloyatining jami 19 ta tuman-shaharlarida referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari rais, rais o‘rinbosari va kotiblaridan iborat 876 nafar tinglovchining o‘quvi o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, yu.f.d, professor, podpolkovnik O.K.Turg‘unov rahbarligidagi Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibidan iborat respublika va hududiy trenerlar guruhi tomonidan muvaffaqiyatli tashkil etildi. Bunga tinglovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazining elektron platformasi orqali topshirilgan test sinovlarida qo‘lga kiritilgan 95,5 foizlik natijani misol sifatida keltirish mumkin.
6 ta mavzudan iborat maʼruza va amaliy mashg‘ulotlar taqdimot materiallari va roliklar asosida, zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalangan holda olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar monitoringini amalga oshirish jarayonida viloyatdagi mavjud referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari faoliyatini referendum qonunchiligi asosida tashkil etish yuzasidan uslubiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Rejaga asosan bugun – joriy yilning 31 mart kuni Farg‘ona viloyatining tuman-shaharlari markazlarida mashg‘ulotlarning 4-bosqichi boshlandi.

159
Chop etish
Text to speech