2023-yil 15–17-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari tomonidan Farg‘ona viloyatida referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari tarkibining o‘quvini amalga oshiruvchi 127 nafar hududiy trenerlikka nomzodlar uchun seminar-trening tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, yu.f.d, professor, podpolkovnik O.K.Turg‘unov guruh rahbari sifatida va Universitet professor-o‘qituvchilari – fakultet boshlig‘i yu.f.b.f.d. (PhD), kapitan D.X.Mamarasulov, kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari p.f.b.f.d. (PhD), podpolkovnik G‘.Z.Ikmatullayev, kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari yu.f.b.f.d. (PhD), dotsent, podpolkovnik O‘.M.Davletov, kafedra dotsenti yu.f.b.f.d. (PhD), mayor X.M.Olimjonov, kafedra dotsenti yu.f.n., dotsent, mayor A.A.Nuridullayev, kafedra o‘qituvchisi katta leytenant Sh.O.Axmedovlardan iborat guruh tarkibiga 2023-yil 10–12-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-seminarlarda ishtirok etganligi uchun respublika treneri sifatida sertifikatlar berilgan edi. Joriy yilning 14-mart kuni Farg‘ona viloyatiga yetib borgan Respublika trenerlari jamoasi Farg‘ona shahrida o‘quv-seminar ochilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdilar. Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy shtab rahbari F.S.Qosimov “Hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-islohotlarning samarali natijalari” mavzusida, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, yu.f.d., professor O.K.Turg‘unov “Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni” mavzusida hamda Universitet xorijiy harbiy kadrlar bilan ishlash fakulteti boshlig‘i, yu.f.b.f.d. (PhD) D.X.Mamarasulovlar, “O‘qitish jarayonlarini tashkil etish, okrug va uchastka komissiyalarining vazifalari” mavzusida ma’ruza qildilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘quv dasturiga asosan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan seminar-treninglarda tinglovchilarga “Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ularning fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni”, “Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini tuzish tartibi va faoliyatining asosiy jihatlari”, “Referendumda ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxati bilan ishlash”, “Muddatidan oldi ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish”, “Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati”, “Referendum uchastkasida ovozlarni sanab chiqish va natijalarini belgilash”, “Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasining referendum jarayoni ishtirokchilari bilan hamkorligi” kabi mavzularda ma’ruza mashg‘ulotlari hamda “Referendum o‘tkazish uchastkasida ovoz berish, uni sanash va hisobot berish” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanilgan holda tashkil etildi va jarayonlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining onlayn kuzatuvi asosida nazorat qilib borildi. Seminar-trening yakunida hududiy trenerlikka nomzodlarning olgan bilim va tushunchalariga baho berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazining elektron platformasi orqali test sinovlari topshirildi. Test sinovlari natijalariga ko‘ra Farg‘ona viloyatidan tanlab olingan hududiy trenerlikka nomzodlar o‘rtacha 97,7 foizlik natijani qo‘lga kiritdilar.
O‘quv-seminarlar jarayonini kuzatish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T.Yo‘ldoshev hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M.Ubaydullayev tashrif buyurdilar. O‘quv-seminarlar yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishda Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, yu.f.d., professor O.K.Turg‘unov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – Farg‘ona viloyati bo‘yicha hududiy shtab rahbari F.S.Qosimov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M.Ubaydullayev hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali rahbari o‘rinbosari A.Akbarovlar ma’ruza qildilar.
Kelgusi rejalarga muvofiq navbatdagi bosqichda hududiy trenerlar tomonidan Farg‘ona viloyatida mavjud referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyalari tarkibi, jami 3581 nafar tinglovchilar uchun tumanlar kesimidagi o‘quv-seminarlar o‘tkaziladi.