Ishchi guruh tomonidan manzilli chora-tadbirlar dasturi asosida Toshkent tumanining “jinoyat oʼchoqlari” boʼlgan hudud va obyektlarni aniqlash, “Qizil” toifaga olingan mahallalarining ijtimoiy-iqtisodiy hamda kriminogen vaziyatini oʼrganish, aholi xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin boʼlgan ehtimoliy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan ilmiy yondashuv asosida taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, ishlab chiqilgan takliflarni amaliyotga keng tadbiq qilish maqsad qilingan. Shuningdek, jinoyatlar sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoit va omillarni aniqlash hamda bu sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etish boʼyicha manzilli takliflar ishlab chiqish hamda tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish hisoblanadi. Chunonchi, “Farovon” va “Navoiy” mahallalarida istiqomat qiluvchi ijtimoiy reestrga kiritilgan ijtimoiy yordamga muhtoj boʼlgan oilalar va nogironligi boʼlgan fuqarolar holidan habar olinib, ularga qimmat baho sovgʼalar va zurur oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Shuningdek, Tumandagi umumtaʼlim maktablaridagi xavfsizlik holati Toshkent tumanida joylashgan 14-sonli maktabida oʼrnatilgan tashvish tugmasi sinov tariqasida bosib tekshirildi va Tuman Milliy gvardiya qoʼriqlash xizmati hodimlarining shayligi taʼminlanganligiga guvoh boʼldik. Shuningdek, Maktabda xizmat olib borayotgan inspektor psixolog hamda qoʼriqlash xizmati hodimlariga bir qancha tavsiyalar va koʼrsatmalar berildi. Bundan tashqari, yoʼl transporti hodisalarini kamaytirish, oʼquvchilar oʼrtasida yoʼl xarakati qoydalariga amal qilish, ularning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek voyaga yetmaganlar va yoshlar oʼrtasisda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish maqsadida, tegishli idoralar vakillari ishtirokida 14-sonli maktabda davra suhbati oʼtkazildi. Chunonchi, yoʼl harakati xavfsizligi xodimlarini jalb qilgan holda tumanning yoʼl-transport hodisalari, sodir etilayotgan issiq nuqtalari, tirbandlik va jamoat transporti xizmatlarining samaradorligi alohida tadqiq etildi. Jumladan, Toshkent tumani Keles yoʼli, Chimkent yoʼli va Koʼk-terak dehqon bozori atrofida, avtomobil yoʼlida jinoyatlar hamda yoʼl-transport hodislariga imkon beruvchi, ijtimoiy xavfni yuzaga keltiruchi, sabab va omillar boʼyicha hududlarda ishlar olib borildi. Ishchi guruh tomonidan “Koʼk-terak” dehqon bozori infratuzilmasi, jamoat tartibi va xavfsizligi taʼminlanishi, tadbirkorlar va haridorlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratilganligi holati, savdo rastalari orasidagi tirbandlik, savdo qoydalariga amal qilinganlik, sanitariya-gigiena holati hamda yongʼin xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi oʼrganildi. Jumladan, bozorda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimi xodimlari tomonidan yongʼin xavfsizligini taʼminlash va yongʼinga qarshi kurashishdagi faoliyati, tezkorligi va shayligi ishchi guruh tomonidan oʼrganildi.