Qoʻriqlash hududiy boshqarmalarining oliy fuqarolik ma'lumotiga ega boʻlgan xodimlarini of…

Qoʻriqlash hududiy boshqarmalarining oliy fuqarolik ma'lumotiga ega boʻlgan xodimlarini ofitserlar tarkibini tayyor…

Joriy yilning 20 noyabr kunidan 19 dekabr kuniga qadar Milliy gvardiya tasarrufidagi Qoʻriqlash hududiy boshqarmalarining oliy fuqarolik ma'lumotiga ega boʻlgan xodimlarini ofitserlar tarkibini tayyorlash kurslarida oʻqitish boʻyicha oʻquv yigʻini tashkillashtirib, amalga oshirildi. Universitetning tajribali professor-oʻqituvchilari tarkibi tomonidan oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, ilgʻor texnika vositalaridan keng foydalangan holda olib borildi. Oʻquv yigʻinlari davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qoʻllanilishi, xususan, “aqliy hujum”, “klaster”, “bumerang”, “veer” (yelpigʻich) hamda “Keys-stady” va “SWOT” texnologiyalaridan foydalanish natijasida, mashgʻulotlarga jalb etilgan tinglovchilarning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirishda yuqori samaradorlikka erishildi. Natijada, ushbu oʻquv yigʻini uchun moʻljallangan oʻquv dasturidan oʻrin olgan fanlarga oid mavzular oʻrganuvchilar tomonidan mashgʻulotlar davomida toʻliq oʻzlashtirildi hamda asosiy fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi.
Joriy yilning 19 dekabr kuni, Milliy gvardiya tasarrufidagi Qoʻriqlash hududiy boshqarmalari xodimlari bilan tantanali bitiruv tadbirlari oʻtkazildi va bitiruvchilarga tegishli sertifikatlar topshirildi.

543
Chop etish
Text to speech