O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar bugun bir yillik xizmat davomida egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazish uchun test imtihonlarini topshirishdi. Ushbu imtihonlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan nazorat qilingan holda shaffoflik tarzida o’tkazildi. Bugungi test sinovlarida jami 100 ta savol bo‘lib, shundan: 40 tasi jangovar tayyorgarlik fanlaridan, 20 tasi ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik fanlaridan, 10 tasi matematika, 10 tasi fizika hamda 20 tasi mantiqiy test savollaridan tashkil topgan. Mazkur test sinovlariga qatnashayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan muddatli harbiy xizmatchilarning 40 foizi, Prezidentimizning tegishli qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishlari uchun imtiyozli Tavsiyanomaga ega bo‘ladilar.