“Tillarni о‘rganish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari A.S.Xursandov F.Z.Umarova, G.M.Ega…

“Tillarni о‘rganish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari A.S.Xursandov F.Z.Umarova, G.M.Egamberdiyeva, R.R.Atayevala…

Joriy yilning 07-dekabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabr kunidagi “О‘zbekiston Respublikasi Konstitysiyasi kuni bayramiga tayyorrarlik kо‘rish va yni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi F-72-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maksadida “Tillarni о‘rganish” kafedrasi professor-о‘qituvchilari A.S.Xursandov F.Z.Umarova, G.M.Egamberdiyeva, R.R.Atayevalar tomonidan Universitet bakalavriat 421-guruh, 4 va 3 kursantlar batalyoni kursantlari bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari  va Tabiiy fanlar kafedrasi professor-о‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Yangi tahrirdagi Konstitusiyaga kiritilgan bо‘lim, bob va moddalar” mavzusida davra suhbati (seminar trening) о‘tkazildi.
Yangilangan Konstitusiyaga kiritilgan moddalar, bо‘lim va boblar haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qо‘mitasi a’zolari Tavakkal Ravshanovich Choriyev va Farhodbek Burhonjonovich Ajmatovlar yangi tahrirdagi Konstitusiyamizning xalqchilligi, unga kiritilgan yangi moddalarni inson qadr-qimmatiga yо‘naltirilganligi, xalq farovonligini oshirish va boshqa sohalarni takomillashtirishga qaratilganligi tо‘g‘risida hayotiy misollar bilan sharhlab berishdi. Shu bilan birga, tadbirda Universitet professori Bahrom Axrorov ham о‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Mazkur davra suhbati (seminar trening) savol-javoblar va turli munozalarga boy va qiziqarli tarzda olib borildi.
Suhbat davomida Yangilangan Konstitusiyaning mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirildi, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar va imtiyozlar sharhlandi, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yilida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ayrim ma’lumotlar taqdim etildi.

902
Chop etish
Text to speech