O'zbelistonda ekologik va sog'liqni saqlash muammolari

O'zbelistonda ekologik va sog'liqni saqlash muammolari

Joriy yilning 8 aprel kuni Oʼzbekiston Ekologik harakati va Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oʼrtasida tuzilgan Memorandumga muvofiq “Oʼzbekistonda ekologik va sogʼliqni saqlash muammolari” mavzusida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlis Senatining Orolboʼyi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya qoʼmitasi raisi Boriy Botirovich Аlixonov tomonidan Oʼzbekiston Ekologik harakati vakillari, Universitet professor-oʼqituvchilari va Magistratura tinglovchilari bilan Mahorat darsi oʼtkazildi. Mahorat darsida asosiy eʼtibor Yangilanayotgan Konstitutsiyadagi ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishga oid normalarning mazmun-mohiyati, ularning mazkur sohadagi muammolarni hal etishdagi ahamiyatiga qaratildi. Senator B.B.Аlixonov tadbir ishtirokchilarining ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishda yuzaga kelayotgan muammolari va ularni hal etish boʼyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga oid savollarga batafsil javoblarni berdi. Mahorat darsidan soʼng, “Yashil makon” davlat dasturi asosida Oʼzbekiston Ekologik harakati va Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbarlari birgalikda “Hamkorlik  niholi” shiori ostida  daraxt ekishga start berishdi. Tadbir samimiy doʼstona tarzda boʼlib oʼtdi va ishtirokchilarda ijobiy taassurotlar qoldirdi.

491
Chop etish
Text to speech