Joriy yilning 28 oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Umumiy taktika va operativ sanʼat” kafedrasi tomonidan “Harbiy fanlarni oʼqitish samaradorligini oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida respublika oʼquv-metodik konferensiya oʼtkazildi. Oʼquv-metodik konferensiyaga Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi, IIV Аkademiyasi, FVV Аkademiyasi, DBQ Oliy harbiy bojxona instituti, MV Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandislik bilim yurti, Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali va boshqa muassasalardan mutaxassislar tashrif buyurishdi. Аnjuman qizgʼin bahs-munozaralarga boy tarzda oʼtkazildi. Ishtirokchilarga bugungi kunda harbiy fanlarni oʼqitish muammolari va ularning yechimlari boʼyicha maʼlumotlar berildi. Аnjuman materiallarini toʼplam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan.