Joriy yilning 27 noyabr kuni fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi boshlig'ining o'rinbosari dosent, podpolkovnik O'.M.Davletov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31 yilligiga bag'ishlab tashkil etilgan "Konstitusiyamiz-baxtimiz poydevori" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etib, "Konstitusiya - Bosh qomusimiz" mavzusida chiqish qildi.
Universitet talabalarining qiziqarli badiiy va she'riy chiqishlari namoyish etilib, tadbirga o'zgacha Fayz kiritdi. Tadbir so'nggida O'.M.Davletovga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.