Jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida memorandum imzolandi

Jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida memorandum imzolandi

Joriy yilning 13 oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti bilan Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti oʼrtasida jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʼnalishlarida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisidagi memorandumni imzolash marosimi oʼtkazildi.

Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya qoʼmondonligidan maʼsul shahslar hamda Jamoat xavfsizligi universiteti shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Memorandum Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari, Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʼi, polkovnik Аbdullayev Bekmurod Tojimirzayevich, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondonining oʼrinbosari, polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanovich va Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi, polkovnik Rustambayev Mirzayusup Xakimovichlar tomonidan imzolandi.

Mazkur memorandumdan koʼzlangan maqsad:

jamoat xavfsizligi sohasida fan, taʼlim va amaliyot uygʼunligini taʼminlash;

jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari faoliyatini tashkil etishga oid innovatsion gʼoyalarni ishlab chiqish va nazariy bilimlarni boyitish;

jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasining jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʼnalishlarida yetuk malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash;

jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, pasport tizimi talablarini amalga oshirish yoʼnalishlari boʼyicha taʼlim – tarbiya, ilmiy – tadqiqot va amaliy faoliyatning sifatini oshirish boʼyicha tajriba almashish borasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish;

jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizlikni taʼminlash, pasport tizimi talablarini amalga oshirish samaradorligini koʼtarish boʼyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʼtkazish;

jamoat tartibini saqlash, yoʼl harakati xavfsizlikni taʼminlash, pasport tizimi talablarini amalga oshirish sohasida qonunchilik hamda uni qoʼllash amaliyotini takomillashtirish boʼyicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish boʼyicha oʼzaro manfaatdorlikdan kelib chiqib, taʼlim-tarbiya sohasidagi hamkorlikning muhimligini inobatga olib, davlatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bevosita ishtirokchisi sifatida, oʼquv va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini yuqori saviyaga olib chiqish maqsadida har ikki tomon uchun qiziqish uygʼotadigan masalalar yuzasidan hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi.

Shuningdek, tadbirda Ichki ishlar vaziri oʼrinbosari, Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʼi, polkovnik Аbdullayev Bekmurod Tojimirzayevich Milliy gvardiya qoʼmondonligi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Fidoyi xodimi koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.

568
Chop etish
Text to speech