Joriy yilning 30 noyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 mart kunidagi 101-F farmoyishi bilan tasdiqlangan rejaga asosan, “Umumiy taktika va operativ sanʼat” kafedrasi tashkilotchiligida “Mudofaa va xavfsizlik sohasida xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʼtkazildi. Аnjumanda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi dolzarb muammolar va ularni yechimlari yuzasidan Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya Respublikasi, Qozogʼiston respublikasi va BMT dan mutaxassislar oʼzlarining maʼruza, taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etishdi. Аnjuman qizgʼin bahs-munozara boy tarzda oʼtkazildi.