OʼZBEKISTONNING KORRUPSIYAGA QARSHI FAOL VA PRAGMATIK SIYOSATINING NAVBATDAGI AMALIY NATIJ…

OʼZBEKISTONNING KORRUPSIYAGA QARSHI FAOL VA PRAGMATIK SIYOSATINING NAVBATDAGI AMALIY NATIJA VA MAQSADLARI

Jahonda “Transparency International” xalqaro tashkilotining 180 ta davlat va hududlarni davlat sektoridagi korrupsiya darajasiga koʼra tasniflaydigan Korrupsiyani idrok etish indeksiga (CPI) koʼra, korrupsiya darajasi butun dunyo boʼylab turgʼunligicha qolayotgan boʼlib, soʼnggi 10 yil ichida mamlakatlarning 86 foizida deyarli hech qanday oʼzgarishlar dinamikasi kuzatilmaganligi, global oʼrtacha indeks 100 dan 43 ni tashkil etib, bu ketma-ket oʼninchi yil davomida oʼzgarmasdan kelayotganligi , xalqaro hamjamiyat ham korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi saʼy-harakatlarni kuchaytirayotgani, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning global operativ tarmogʼi (GlobE Network) tashkil etilganligi , korrupsiyaga qarshi kurashishning turli usul va vositalaridan foydalanish, xususan, bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari, jumladan nodavlat tashkilotlar rolini kuchaytirish, sohada tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish, jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, sohaga xalqaro standartlarni joriy etishga oid ilmiy tadqiqotlar oʼtkazishga alohida ahamiyat berish zarurligini anglatadi.Mamlakatimizda soʼnggi yillarda korrupsiyaga qarshi mexanizmlarini samarali taʼminlashga alohida ahamiyat berilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning profilaktik (preventiv) choralardan biri sifatida fuqarolik jamiyati institutlarini ushbu jarayonga jalb qilinishi natijasida bir qator ijobiy yutuqlarga erishildi. Xususan, joriy yilning 19-20 dekabr kunlari poytaxtimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimiga mezbonlikni amalga oshirdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qatar Аmiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, 40 dan ortiq davlat delegatsiyalari va xalqaro mukofot sovrindorlari bilan bir qatorda Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizlik universiteti rahbari va bir qancha professor olimlari ham ishtirok etdilar. Davlat rahbari Oʼzbekiston Respublikasi mana shu illatga qarshi kurashish yoʼlida qatʼiy turgani va amalga oshirilgan salmoqli islohotlar koʼlami hamda natijalarini aytib oʼtdilar.Darhaqiqat mana qisqa davr ichida yaʼni 2017 yildan to shu bugungi kunga qadar, Oʼzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha quyidagi yoʼnalishlarda ishlar olib borilmoqda: birinchi yoʼnalish – huquqiy asoslar yaratildi; ikkinchi yoʼnalish – institutsiyaviy tizimga asos solindi; uchinchi yoʼnalish – taʼlim tizimi shakllantirilib, maʼrifiy-axborot va targʼibot ishlari yoʼlga qoʼyildi; toʼrtinchi yoʼnalish – monitoring olib borilmoqda; beshinchi yoʼnalish – xalqaro hamkorlik amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz “Transparency International” indeksida 42 pogʼonaga koʼtarildi va bu borada mintaqamizda eng yuqori oʼrinni egallamoqda. 2030 yilga qadar mazkur reytingdagi oʼrnimizni yana 50 pogʼonaga yaxshilash maqsadini koʼzlaganmiz. “Open Data Inventory” reytingida esa joriy yilda 30-oʼringa koʼtarildik. Ochiq maʼlumotlar manbalari boʼyicha Oʼzbekiston dunyoda 4-oʼrindan joy olgan.Bemalol aytishimiz mumkinki, mazkur tashkil etilgan anjuman Oʼzbekistonning faol va pragmatik siyosatining navbatdagi amaliy natijasidir. Shu nuqtai nazardan qarasak, Oʼzbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash umumjahon harakatining navbatdagi muhim tadbiriga mezbon sifatida tanlanishi ham bejiz emas. Mazkur hodisa mamlakatimiz jahon diplomatik markazlaridan biriga aylanayotganligini koʼrsatadi. Qolaversa, oʼtkazilgan tadbir Oʼzbekiston ichki barqarorligi va izchil taraqqiyoti maqsadlariga erishish nuqtai nazaridan oʼta muhimdir. Chunki yurtboshimiz anjumandagi nutqiga eʼtibor qaratsak, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʼnalishlaridan biriga aylanganligini va bu ortga qaytmas darajaga chiqqanini anglash mumkin.Shu bilan birga Shavkat Mirziyoyev demokratik islohotlar ortga qaytmas tus olgan Yangi Oʼzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi katta reja va vazifalarni belgilab berdilar. Yaqin kelajakka moʼljallangan asosiy beshta asosiy maqsad oʼzida ish, ochiq maʼlumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha 2030 yilgacha moʼljallangan milliy strategiyani ishlab chiqib hamda hayotga tatbiq etish belgilangdi.Shu bilan birga, nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb etgan holda, oʼzaro tajriba almashish va muloqotlarni kuchaytirish, ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida Korrupsiya muammolari boʼyicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etishni taklif etilgani ham mazkur muommoni bartaraf etishning samarali vositalardan foydalanish maqsad etilganini anglatadi. Buning natijasida quyidagi yoʼnalishlarda korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyatini yanada oshirish mumkin : - Global aksilkorrupsiya almashish dasturlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tajriba orttirishga qiziqqan yosh mutaxassislar va tadqiqotchilarga moʼljallangan muhit yaratiladi. - Аksilkorruptsiyaviy yozgi maktablar oʼquvchilar va yoshlarda axloqiy koʼnikma va tafakkurni shakllantiradi hamda ular oʼrtasida korrupsiyaga qarshi kurash, axloq va halollik qadriyatlari va tamoyillari haqida xabardorlikni oshiradi. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan amalga oshirib kelinayotgan konseptual ahamiyatga ega islohotlar jamiyatimizning barcha jabhalariga kirib bordi desak mubologʼa boʼlmaydi.Chunki olimlarimiz tomonidan korruptsiya muommolarini oʼrganishga bagʼishlangan ilmiy tadqiqot ishlari koʼlami xam anchayin kengaygan. Bu kabi tadqiqotlar, shubhasiz, korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy masalalarini takomillashtirishda muhim nazariy poydevor vazifasini oʼtaydi.Xususan Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼining rahbarligi ostida korrupsiya muammaolariga qarshi kurashish asosiy funksional vazifa etib belgilangan. Shuningdek universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi say-harakatlarini ifodalovchi mexanizmini, maʼrifiy-axborot va targʼibot ishlarini samarali yoʼlga qoʼygani misolida koʼrishimiz mumkin. Bundan tashqari Universitetning ilmiy tadqiqot markazi huzurida aynan korrupsiya muammolariga bagʼishlangan mavzular tanlanib, ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari koʼlami ham kengaymoqda. Shu sababli prezidentimizning tashabbusi bilan keltirilgan ikkinchi maqsadda nodavlat notijorat tashkilotlarini faol jalb etgan holda, oʼzaro tajriba almashish va muloqotlarni kuchaytirish, ilmiy izlanishlar olib borish maqsadida Korrupsiya muammolari boʼyicha mintaqaviy tadqiqot markazini tashkil etish taklifi ayni muammoning bartaraf etilishiga samarali xizmat qiladi deb hisoblaymiz.

Xulosa oʼrnida shuni aytish mumkinki Oʼzbekiston yaqin istiqbolda korruptsiyaga qarshi kurashishda oʼzinig yangi davr imkoniyatlarini butun xamjamiyatga tadbiq etadi.

 

Muhammadieva Mohinur Yaxshibaevna
Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti

631
Chop etish
Text to speech