Universitet “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan joriy yilning 29- noyabr kuni “О‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tizimida sun’iy intellektni qo‘llash muammolari va yechimlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya о‘tkazildi. Konferensiya mavzusi yuzasidan bir qator yetakchi mutaxassislarning fikrlari eshitilib, sohadagi mavjud muammolarni hal etishga yо‘naltirilgan zarur ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, Jamoat xavfsizligi universitetining “Axborot texnologiyalari” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti “Axborot texnologiyalari” sikli о‘rtasida hamkorlik tо‘g‘risidagi MEMORANDUM imzolandi.