Habaringiz bor, 19 sentyabr kuni Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh qarorgohida BMT Bosh Аssambleyasi 78-sessiyasi boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʼzladi. Shu munosabat bilan Jamoat xavfsizligi universitetida “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi” mavzusida davra suhbat oʼtkazildi. Davra suhbatida Universitet rahbariyati, shaxsiy tarkibi, professor-oʼqituvchilari va kursantlar ishtirok etdi. Tadbir davomida maʼruzachilar tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 78-sessiyasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar alohida taʼkidlandi. Shuningdek, tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar: Jumladan, Markaziy Osiyo yoshlarining kun tartibi – 2030” dasturini ishlab chiqish; “Markaziy Osiyo iqlim muloqoti”ni joriy etish; Oʼzbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini oʼtkazishni taklif etganliklari ham alohida taʼkidlandi. Oʼzbekiston hamda BMT oʼrtasidagi koʼp qirrali hamkorlik muvaffaqiyat bilan ravnaq topmoqda. Bundan keyin ham Oʼzbekiston Respublikasining jahondagi yirik xalqaro tashkilot BMT bilan munosabatlari tenglik va manfaatli sheriklik asosida rivojlanib boraveradi.