OʼZАRO HАMKORLIK ISTIQBOLLАRI MUHOKАMА QILINDI

OʼZАRO HАMKORLIK ISTIQBOLLАRI MUHOKАMА QILINDI

Joriy yilning 2 fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga Qozogʼiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni general-mayor Botakanov Yerkin Sovetbekovich rahbarligidagi delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi. Tashrif davomida Universitet boshligʼi polkovnik M.X.Rustambayev delegatsiya aʼzolarini Universitet oʼquv binosi, maxsus tayyorgarlik trenajerlari, oʼquv moddiy bazasi va infratuzilmasi bilan tanishtirib oʼtdi. Mazkur tashrifda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini oʼrnatish, kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi. Аmalga oshirilgan tashrif yakunida delegatsiya aʼzolariga Universitet “Maʼrifat va madaniyat” markazida konsert dasturi namoyish etildi. Ushbu konsert dasturida Universitet kursantlarining musiqiy ansambli va Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi oʼquvchilari oʼzlarining musiqiy chiqishlari bilan delegatsiya aʼzolarida iliq taassurotlar qoldirishdi. Tashrif yakunida Qozogʼiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni general-mayor Botakanov Yerkin Sovetbekovich Universitet boshligʼiga minnatdorchilik bildirib, u rahbarlik qilayotgan taʼlim maskaniga muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tiladi.

558
Chop etish
Text to speech