Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Harbiy vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi dotsenti I.I.Rejametova tоmonidan joriy yilning 10 fevral kuni Buxoro viloyati tutingan ota –onalarni tayyorlash boʼyicha tashkil etilgan oʼquv jarayonidan soʼng, ruhiy salomatligini aniqlash maqsadida “Ota -onalardagi ruhiy zoʼriqishlarni oldini olish” boʼyicha trening va suhbatlar olib borildi. Suhbat jarayonida tutingan ota – onalarni oʼz fikr mulohazalari tinglandi va ularga tavsiyalar berib oʼtildi. Ularda pedagogik -psixologik va ruhiy holatlarni oldini olish boʼyicha maslahatlar berib oʼtildi.