Zamonaviy kompyuter simulatsiyalarni (o’yinlar) dasturlashning o’ziga xos hususiyatlari va…

Zamonaviy kompyuter simulatsiyalarni (o’yinlar) dasturlashning o’ziga xos hususiyatlari va “Virtual Reality (VR) te…

Joriy yilning 26 aprel O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida universitet boshlig’ining axborot texnologiyalarni rivojlantirish bo’yicha o’rinbosari podpolkovnik I.I.Murakayev boshchiligida “Project Managers” kompaniyasi va universitet o’quv-uslubiy situatsion markaz, AKT kafedra, tayanch doktarantura vakillari, hamda ilmiy amaliy to’garak a’zolari o’rtasida “Zamonaviy kompyuter simulatsiyalarni (o’yinlar) dasturlashning o’ziga xos hususiyatlari va “Virtual Reality (VR) texnologiyalarini O’zbekistonda joriy etish istiqbollari” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Uchrashuv davomida, Project Managers yetakchi mutaxasisi dasturchi Sattorov Elbek kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan “Mangu sarkarda” bobokolonimiz A.Temur davridagi kompyuter simulyator bilan tanishtirdi va kelgusida hozirgi kunda Axborot texnologiyalari sohasida loyihalarni olib borish “Qiziqarli g’oyadan – tan oladigan dasturiy brendgacha” bo’lgan bosqichlarning sir-asrorlari bo’yicha fikr mulohazalar berildi. Yig’ilish ishtirokchilari o’z loyihalariga istiqbolli yondashish bo’yicha maslahatlar olishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

830
Chop etish
Text to speech