Joriy yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Jinoiy-huquqiy fanlar” kafedrasi tomonidan huquqiy-nazariy fanlarning o‘zlashtirilishini oshirishga yo‘naltirilgan dars mashg‘ulotlarini o‘tish metodikasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda “Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlari”, “Jamoat havfsizligini ta’minlash”, “Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya”, “Fuqarolik -huquqiy fanlar” kafedralarining professor-o‘qituvchilari qatnashdilar. Metodik seminar huquqiy-nazariy fanlarni o‘qitishning zamonoviy ilg‘or usullar, ta’limning samarador pedagogik texnologiyalari va ularni qo‘llash imkoniyatlari haqidagi munozalar bilan asosida o‘tdi. Tadbir yakuniga ko‘ra, yuridik fanlarni o‘qitish borasida metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.