Olmazor tumanidagi 119-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va ar…

Olmazor tumanidagi 119-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” …

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 119-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” tamoyili asosida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda shu xususida ya’ni, yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparavr insonlar etib tarbiyalash eng asosiy maqsadlardan biriga aylanmog‘i lozimligi haqida so‘z bordi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Iqtisodiy fanlar kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari podpolkovniklar D.I.Irgashev, A.U.Zurapov va Sh.SH.Usmonovlar hamda 261-o‘quv guruhi kursantlari tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida asosiy tayanchimiz bo‘lgan azmu shijoatli yoshlarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularga barcha sohalarda o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi hamda Yangi O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash, uning tadrijiy rivojlanishga vatanparvar shaxs sifatida hissa qo‘shish barcha vatandoshlarimizning ezgu orzu umidlaridan biriga aylanmog‘i zarurligi haqida ma’ruzalar qilindi.

1055
Chop etish
Text to speech