Olmazor tumani 146-sonli maktabda Harbiy vatanparvarlik oyligi munosabati bilan davra suhb…

Olmazor tumani 146-sonli maktabda Harbiy vatanparvarlik oyligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi va Magistratura bo‘limi hamkorligida Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan 146-sonli maktabda Harbiy vatanparvarlik oyligi munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2023 yil 22 dekabrda “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi professori mayor Bozorov A.A. va kafedra professori B.B.Valiyevlar hamda magistrant tomonidan “Vatanparvarlik davr talabi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda  O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida  ma’lumotlar berildi va videorolik namoyish etildi. Yuqori sinf o’quvchilariga harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, samarali ilm olish yuzasidan fikrlar bayon etildi. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

626
Chop etish
Text to speech