“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va mazkur loyiha doirasida viloyat, tuman va joylarda mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi ko'paymoqda. O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ham ushbu xayrli ishga o'z hissasini qo'shmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” loyihasi ezgu qadriyatlarimiz davomiyligini ta'minlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim omil bo'lmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilishi an'anaga aylangan ushbu ekologik loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko'chatini ekish va shu orqali mamlakatimiz yashil maydonlarini amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchi va kursantlar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “dolzarb 40 kunlik” tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida universitet hududiga 1000 dan ortiq turli xildagi hudud iqlimiga va yer sharoitiga mos bo'lgan daraxt ko'chatlari ekildi. Ushbu ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari jarayonida ko'plab yangi tashabbus va harakatlar bo'y ko'rsatdi. Bu xalqimizning azaliy qadriyatlarga sadoqati, tabiatga bo'lgan mehr-muhabbati ifodasidir. Bu chora-tadbirlarni amalga oshirish har birimizning zimmamizga katta mas'uliyat yuklaydi. Zero, ko'chat ekish, bog' yaratish yurt obodligi, el farovonligi, hayot davomiyligini ta'minlaydigan ezgu amaldir.

523
Chop etish
Text to speech