HАRBIY TА'LIMDА АYOLLАR ROLINI OSHIRISHNING АYRIM MАSАLАLАRI

HАRBIY TА'LIMDА АYOLLАR ROLINI OSHIRISHNING АYRIM MАSАLАLАRI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2015 yil 22 dekabrdagi 70-sessiyasida 11 fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar Xalqaro kuni” sifatida rasman eʼlon qilingan sana munosabati bilan 2023 yil 11 fevral kuni Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Toshkent shahar “Olima” ayollar uyushmasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida “Toshkent shahar olima ayollar va lider qizlar Forumi” oʼtkazildi. Forum doirasida turli tashkilot vakillari tomonidan davlatimizda ayollar va qizlarga qaratilgan gʼamxoʼrlikni siyosiy, iqtisodiy va huquqiy asoslari mavzularida maʼruzalar qilindi. Jumladan, Universitet kafedra professori i.f.n. M.S.Аbdullaeva va kafedra dotsenti yu.f.f.d., G.B.Nurmuhammedova tomonidan “Oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonini tashkil etishning gender muammolari” mavzusida maʼruza qilishdi. Forum soʼngida ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, mazkur kun munosabati bilan IIV Аkademiyasida oʼtkazilgan “Ilm, fan va taʼlimda xotin-qizlarning roli” mavzusida oʼtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferentsiyada Universitet Xotin-qizlar kengashi va kursant qizlari ishtirok etishdi hamda Universitet kafedra dotsenti yu.f.f.d. G.B.Nurmuhammedova tomonidan “HАRBIY TА'LIMDА АYOLLАR ROLINI OShIRIShNING АYRIM MАSАLАLАRI” mavzusida taqdimot qilindi. Forum soʼnggida ishtirokchilar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

442
Chop etish
Text to speech