Joriy yilning 13-dekabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash faoliyatini ta’minlashning qo‘mondonlik – muhandislik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan Magistratura fakulteti tinglovchilari kafedra boshlig‘i polkovnik I.X.Kuldashev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizika institutiga tashrif buyurib amaliy mashg‘ulotda qatnashdilar. Amaliy mashg‘ulot davomida magistratura tinglovchilari Yadro fizikasi instituti hududi va binolarining qо‘riqlanishi, qо‘riqlashning texnik vositalar bilan jihozlanganligi, jangovar xizmatning muhandislik-texnik ta’minoti, obyektning о‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob oldilar.