Jamoat xavfsizligi universitetida Toshkent viloyati Zangiota tumani hamda Toshkent shahar Olmazor tumani umumtaʼlim maktab va mahallalari oʼquvchi-yoshlari hamda uyushmagan yoshlari uchun “Milliy gvardiya – yoshlar nigohida” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʼtkazildi. Dastlab tadbirda yoshlar Universitet faoliyati, kursantlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shundan soʼng, yoshlar eʼtiboriga kursantlar tarkibidan iborat qoʼl jangi va qurol bilan saf guruhlari tomonidan koʼrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Koʼrgazmali chiqishlarlardan soʼng, yoshlarni jamoalarga boʼlgan holda ular oʼrtasida sportning “Krossfit” va “Аrqon tortish” turlari boʼyicha musobaqa tashkillashtirildi. Koʼtarinki ruhda oʼtgan sport musobaqasidan soʼng, yoshlar eʼtiboriga harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, radioaloqa vositalari hamda otlar koʼrgazmasi namoyish etildi.