Bayrogʼimiz – faxrimiz!

Bayrogʼimiz – faxrimiz!

Bayroq –xalq va davlatni ulugʼ maqsadlar sari boshlovchi buyuk mashʼaladir. Davlatlar tarixining barcha davrlarida davlat ramzlari, xususan, bayroq Vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan. Bayroq ostida buyuk el birlashgan, jipslashgan. Shu nuqtai nazardan «Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasi qonunining 2-moddasida “Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi Oʼzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir”, deb belgilab qoʼyilgan. Milliy gʼururimiz sanalgan bayrogʼimiz oʼzida butun Oʼzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʼayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʼstlikni mujassam etgan. Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Bayrogʼimiz qabul qilingan kun munosabati bilan “Аdolat” SDP hamda Oʼzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida “Bayrogʼimiz – faxrimiz!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati, professor-oʼqituvchilar, talabalar va kursantlar, “Аdolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati xodimlari, jamoatchilik vakillari hamda OАVlari xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʼyicha oʼrinbosari polkovnik Maxmudov Ikromjon Аbdumutalibovich hamda Oʼzbekiston “Аdolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi oʼrinbosari Raxmonov Аbdukamol Shodievich kirish soʼzi bilan ochib berishdi. Tadbir davomida soʼz olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Valiev Muxammadjon Sheralievich “Davlatim bayrogʼi-faxrim, gʼururim!” mavzusida qilgan maʼruzasi davomida bayrogʼimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka, biz erishayotgan bemisl yutuqlar va kelajakka boʼlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor ekanligi borasida gapirib oʼtdi. Shuningdek tadbirda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Rasulova Nodira Sardorovnaning “Davlat bayrogʼi – millat iftixori”, Davlat – huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi boshligʼining oʼrinbosari, yuridik fanlar boʼyicha falsafa fanlar doktori, kapitan Xomidov Eldor Olimovichning “Oʼzbekiston respublikasi bayrogʼi – xalqimizning ajralmas iftixori” kabi maʼruzalari tinglandi. Shuningdek tadbir davomida yigʼilganlar eʼtiboriga havola etilgan bir-biridan ajoyib goʼzal kuy-qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilariga chinakam bayramona ruh bagʼishladi.

1135
Chop etish
Text to speech