Joriy yilning 25-27 aprel kunlari mamlakatimizning Samarqand viloyatida sportning futbol turi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya birinchiligi final bosqichi o’tkazildi. Musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti futbol terma jamoasi ham saralashdan muvaffaqiyatli o’tib final bosqichida ishtirok etdi. Mazkur musobaqada Universitet terma jamoasi faxrli 2 o’rinni egalladi. Garchi universitet jamoasi 2 o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsada musobaqaning “Eng tomoshabinbop” o’yinlarini tashkillashtirib bergan hamda “Muxlislar olqishiga va hurmatiga sazovor bo’lgan” jamoa deb e’tirof etildi. Shuningdek, musobaqa yakunida Universitet terma jamoasi darvozaboni oddiy askar Muhammadjon Musinov “Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni” deb topildi. Universitet rahbariyati va shaxsiy tarkibi yoshlarimizni ushbu g’alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusida xizmat va o’qishlarida ulkan zafarlar tilaydi.