O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898-son hamda 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qaroriga asosan joriy yilning 23-oktabr kuni Universitet shaxsiy tarkibi bilan "Milliy dinlar va jahon dinlari" mavzusida Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori o'rinbosari Shuxrat Rizayev, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Rustam Jabborov hamda universitet shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.