O'zbekiston Respublikasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti proffesor-o'qituvchilari bilan "Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitetning malakali professor-o'qituvchilari Maxsadov Maxsatullo Ismatovich - yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (Phd), podpolkovnik, Nuridullayev Asliddin Ahrorivich - yuridik fanlar nomzodi mayor, Payziyev Abbos Muhammadovichlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida o'quvchilarga "Vatan ulug', burch-muqaddasdir" va " Vatan muqaddas va uni himoya qilish sharafli burchdir" kabi ulug'vor g'oylar hayotiy misollar orqali yoritib berildi.