Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi tomonidan tasdiqlangan “Universitet kafedralari tomonidan 2023-2024 qabul yili uchun oʼtkaziladigan harbiy-professional yoʼnaltirish tadbirlar rejasi”ga asosan Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi oʼqituvchisi katta leytenant F.Rizoev tomonidan Buxoro viloyatining Qorakoʼl, Olot tumanlaridagi maktablar va akademik litseylarida harbiy-professional yoʼnaltirish tadbirlari oʼtkazildi. Jumladan Qorakoʼl tumanidagi Qorakoʼl akademik litseyining Texnika fanlar, Аniq fanlar, Xorijiiy filologiya yoʼnalishi oʼquvchilari bilan, tumanda joylashgan 42-umumoʼrta talim maktabining bitiruvchi sinf oʼquvchilari bilan, Olot tumanida joylashgan Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʼquvchilari bilan suhbatlar oʼtkazildi, ularga universitet haqidagi videorolik namoyish qilindi va oʼquvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.