Xalqaro hamkorlik — taraqqiyotning muhim omili

Xalqaro hamkorlik — taraqqiyotning muhim omili

Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Buyuk Britaniyaning Oʼzbekistondagi Elchixonasi tomonidan Sanderst Qirollik harbiy akademiyasi mutaxassislaridan tashkil topgan delegatsiyasining Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrifi amalga oshirildi.

Mazkur tashrifdan koʼzlangan asosiy maqsad – Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va ishchi xizmatchilari uchun bugungu kunda dolzarb muammolarni bartaraf etish boʼyicha seminarlar tashkil etishdan iborat.

Universitet Аxborot-resurs markazining muzokaralar zalida tashkil etilgan uchrashuv davomida, dastlab Universitet boshligʼi delegatsiya aʼzolariga ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qoʼshayotgan hissasi uchun oʼz minnatdorligini bildirdi, shu oʼrinda oʼtkazilishi rejalashtirilgan seminar malakali kadrlarni tayyorlashda oʼz samarasini berishiga ishonishini taʼkidlab oʼtdi.

Uchrashuv soʼngida ikki tomon hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan oʼzaro manfaatli kelishuvlarga tayyor ekanliklari bildirdilar.

679
Chop etish
Text to speech