Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar natijasida keyingi yillar aholi va yoshlar orasida sogʻlom oila qurish, oilaviy qadriyatlarga ma’naviy-axloqiy munosabatni shakllantirish anchayin yuqori darajaga koʻtarildi. Barcha islohotlar doirasida oilaviy bolalar uylarini tashkil etilishi ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 345-sonli qarori shu yoʻnalishdagi ishlarni yuqori darajaga olib chiqdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24 fevral kuni Universitetning Harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash kafedrasi tomonidan “OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARNING HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi.