Joriy yilning 21 dekabr kuni Universitet majlislar zalida Maxsus fakultet rahbariyati ishtirokida hisobot yigʼilishi oʼtkazildi. Unda 2023 yilda oʼqish davrida oʼzini ijobiy jihatdan koʼrsatib, turli koʼrik-tanlov va musobaqalarda gʼolib boʼlgan talabalar taqdirlanib, ularning ota-onalariga tashakkurnomalar yuborildi.
Majlisda shuningdek fakultetda oʼqish jarayonida kamchiliklarga yoʼl qoʼygan, fanlarni oʼzlashtirmagan, sababsiz dars qoldirgan talabalar guruhlar kesimida tanqidiy-tahlil qilindi.
Shuningdek 2024 yilda universitetning ustuvor vazifalarini ijro etish, bu borada talabalarning faol ishtirok etishi lozimligi uqtirildi.
Talabalarning taʼtil vaqtini mazmunli oʼtkazishlariga doir aniq topshiriqlar berildi.