Magistrlar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Magistrlar bilan uchrashuv oʼtkazildi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Jamoat xavfsizligi universitetining Аxborot-resurs markazida Jamoat xavfsizligini taʼminlash kafedrasi tomonidan Magistratura va markaz xodimlari bilan hamkorlikda “Jamoat xavfsizligini huquqiy taʼminlash” mutaxassisligi yoʼnalishi boʼyicha qabul qilingan magistrlar bilan uchrashuv oʼtkazildi. Uchrashuvda yuridik fanlar doktori, professor Isamiddin Ismailov magistraturada kafedra tomonidan oʼqitiladigan “Jamoat xavfsizligini nazariy-huquqiy taʼminlash”, “Mutaxassislik  fanlarini oʼqitish metodikasi” fanlari boʼyicha mashgʼulotlarga tayyorgarlik koʼrish, magisterlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash hamda ilmiy-tadqiqot olish borish talablari, tartibi va metodikasini tushuntirdi, tajribalarini ulashdi, shuningdek dissertatsiya rejasini tuzish, maqolalar tayyorlash, ularni nashr etish boʼyicha maslahatlar berdi. Universitet Аxborot-resurs markazi Oʼquv kutubxonasining bosh kutubxonachisi E.Bashutskaya tomonidan Jamoat xavfsizligini taʼminlashga oid mavjud adabiyotlar, xususan universitetda 2022 yilda tayyorlangan “Jamoat xavfsizligi asoslari” va boshqa darsliklar, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, ilmiy jurnallardan mashgʼulotlarda, mustaqil tayyorgarlik vaqtida, shuningdek elektron bazadan foydalanish tartibini tushuntirib berdi. Uchrashuv savol-javoblar, taklif va tavsiyalarga boy holda qiziqarli oʼtdi.

468
Chop etish
Text to speech