2023 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi profesor-o‘qituvchilari va bir guruh kursantlari O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Ilg‘or tadqiqotlar ilmiy markazi tomonidan tashkillashtirilgan Ilmiy forumda o‘zlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi PF-6097-sonli «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ilmiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda ilm-fanlar sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan Ilmiy forum natijalariga “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy ta’minlash” kafedrasi boshlig‘i (PhD), dotsent, podpolkovnik Z.Sh.Alimardonov va mazkur yo‘nalishning 13 nafar kursantlari “ Eng yaxshi ilmiy maqola” va “Eng innovatsion-ilmiy taklifs” nominatsiyalari bo‘yicha ilg‘or deb topilib, “ILM-FAN IFTIXORI” nishoni bilan tantali ravishda taqdirlandilar.
Ilmiy forum ilmiy faoliyatga ishtiyoqli va intiluvchanligi yuqori bo‘lgan yosh olimlarni aniqlash, tanlab olish va ularni maqsadli yo‘naltirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.