KURSANTLARGA АMАLIY MАSHGʼULOTLАR DАVOM ETMOQDА

KURSANTLARGA АMАLIY MАSHGʼULOTLАR DАVOM ETMOQDА

Joriy yilning 11-sentyabr kuni “Jamoat xavfsizligini taʼminlash” kafedrasi tashabbusi bilan Jamoat xavfsizligi universiteti 3-bosqich “Yoʼl patrul xizmatining qoʼmondonlik-taktik faoliyati” yoʼnalishi 132-oʼquv guruhi kursantlari bilan Toshkent viloyati “Gʼisht-koʼprik bojxona poʼsti” va “Uch qaxramon YPX posti”da “Davlat yoʼl harakati xavfsizligi xizmati faoliyati” fanidan “Oʼzbekiston Respublikasi avtomobil yoʼllarida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan hamda diplomatik immunitetga ega shaxslarning transport vositalarida harakatlanish tartib-qoidalari” mavzusida amaliy mashgʼulot tashkillashtirildi. Аmaliy mashgʼulot davomida kursantlar Bojxona qoʼmitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan chet el fuqarolari, fuqaroligi boʼlmagan va diplomatik immunitetga ega shaxslarning transport vositalarini Oʼzbekiston Respublikasi xududiga kirishi, tranzit oʼtishi, respublika xududi boʼylab harakatlanishi davomida yoʼl harakati qoidalarini buzgan holatlar aniqlangan taqdirda jarimalarni undirish tartiblari haqida mutaxassislar tomonidan batafsil maʼlumotlar oldi. Bunday amaliy mashgʼulotlar kursantlarning olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʼunligini bogʼlashga hamda bevosita kelgusi xizmat faoliyatlarida ijobiy natijalarga erishishlariga xizmat qiladi.

690
Chop etish
Text to speech