O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Maxsus vazifalarni bajarish qo῾shinlarining qo῾mondonlik-taktik faoliyati ta’lim yo῾nalishidagi 3-bosqich kursantlari 2023 yili 20-21 dekabr kunlari O῾zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Modellashtirish va simulyatsiya bo῾yicha tadqiqotlar dala-o῾quv markazida oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari hamkorligida o῾tkazilgan kompyuter qo῾mondonlik-shtab o῾quvida harbiy kafedralar o῾qituvchilari polkovnik B.Murodov, popolkovniklar M.Omonov hamda A.Shakirdjanovlar rahbarligida ishtirok etishdi. O῾quv davomida kursantlar jangovar sharoitlarda bo῾linmalarni boshqarish, boshqa kuch tuzilimalari bo῾linmalari bilan hamkorlikda jangovar vazifani bajarish bo῾yicha bilim va amaliy ko῾nikmalarini takomillashtirishdi. O῾quv yakuni bo῾yicha Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi munosib taqdirlanishdi.