Universitetda ta'lim olayotgan tinglovchi va kursantlarning harbiy bilimlarni oshirishga boʼlgan qiziqishlarini qoʼllab-quvvatlash, turli xil vaziyatlarda tezkorlik bilan nostandart qarorlar qabul qilish, hamkorlik va boshqaruvni tashkillashtirish tartibi hamda mashgʼulotlar davomida olingan nazariy bilimlarni amaliy koʼnikmalar hosil qilish boʼyicha bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 16 fevral kuni Chirchiq dala oʼquv maydonida Universitetning 1 kursantlar batalon 1 vzvod shaxsiy tarkibi bilan Maxsus taktik tayyorgarlik va jangovar qoʼllash kafedrasi oʼqituvchisi podpolkovnik Oʼ.А.Vafoev tomonidan Maxsus taktik tayyorgarlik fanidan “Koʼp qavatli binolarni egallab olgan terrorchi(jinoyatchi) guruhlarni qoʼlga olish (yoʼq qilish) va garovdagilarni ozod qilish boʼyicha maxsus operatsiyani oʼtkazish tartibi” mavzusi boʼyicha kursantlar bilan amaliy mashgʼulotlar oʼtkazildi. Ushbu amaliy mashgʼulotlar real jangovar holatlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holatda oʼtkazilib, uning natijasida tinglovchi va kursantlarning bilim va amaliy koʼnikmalarini yanada oshirilishga erishildi.