Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Maxsus-huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya” kafedrasi professori-oʼqituvchilari D.R.Maxmudov, M.I.Maxsadov, А.M.Payziyev hamda J.R.Joʼrayevlar tomonidan joriy yilning 6 aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqli Saqlash Vazirligi Respublika Ixtisoslashtirilgan Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati” mavzusida uchrashuv tashkil etilib, unda yangi Oʼzbekistonning yangi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati va dolzarbligi toʼgʼrisida tushunchalar berildi. Tadbirda maktabning 100 nafar professor-oʼqituvchilari ishtirok etib maʼruzachilardan oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.