Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya - xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” nomli shior ostida joriy yilning 2 dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Аl – Xorazmiy nomidagi Prezident maktabi”ning 150 ga yaqin oʼquvchi-yoshlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʼtkazildi. Tadbirga tashrif buyurgan oʼquvchi-yoshlar bilan “Konstitutsiya - adolat tantanasi” va “Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tarixi, bugungi kuni va oʼqishga kirish tartibi” mavzularida davra suhbati oʼtkazildi. Davra suhbatidan soʼng, oʼquvchi-yoshlar eʼtiboriga Orkestr jamoasi, kursantlar tarkibidan iborat qoʼl jangi va qurol bilan koʼrgazmali saf guruhlari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, oʼquvchi-yoshlar eʼtiboriga harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, harbiy libos namunalari, radioaloqa vositalari, xizmat otlari va xizmat itlari koʼrgazmasi namoyish etildi. Shundan soʼng, oʼquvchi-yoshlarni guruhlarga boʼlgan holda, ular uchun Universitet hududlari boʼylab sayohat tashkillashtirildi.