Oʼzbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqchil, adolatparvar davlat barpo qilish yoʼ…

Oʼzbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqchil, adolatparvar davlat barpo qilish yoʼlida

Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Davlat  huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi tomonidan “Oʼzbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqchil, adolatparvar davlat barpo qilish yoʼlida” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʼtkazildi.

Davlat rahbarining 2021 yil 6 noyabrdagi inauguratsiya jarayonidagi nutqida, fuqarolarimiz tomonidan mamlakatimizda islohotlarimiz mantigʼi talab etayotgan muhim taklif konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdan iboratligiga, qolaversa,  dunyo tajribasida tub burilish davrida koʼpgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganligini, shu nuqtai nazardan avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini oʼrganib, puxta oʼylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Аsosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham koʼrib chiqishimiz kerakligini alohida taʼkidlab oʼtgan edilar.

Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar,  ilgarigi konstitutsiyaviy oʼzgarishlardan farq qilib, asosiy eʼtibor inson qadrini ulugʼlash, unga xizmat qilish, inson manfaatlarining ustuvorligiga soʼzsiz rioya qilish kabi asosiy gʼoyalarni qamrab oladi.

Davlat rahbarining Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi bilan yoʼllagan tabrigida,  9 ta ustuvor yoʼnalishlarga toʼxtalib oʼtgan edilar. Yaʼni, ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb oʼzgartirish; iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini taʼminlash bosh mezon boʼlishi; fuqarolik jamiyati institutlarining oʼrni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash; oila institutini rivojlantirish; yoshlarning huquq va manfaatlarini toʼla taʼminlash; ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish; bolalar mehnatiga yoʼl qoʼymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish; tabiatdagi global oʼzgarishlarni hisobga olib ekologiya sohasini rivojlantirish; bogʼcha, maktab, oliy taʼlim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish kabi muhim ustuvor yoʼnalishlardir.

Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti istiqbolini, xalqimizning maqsad va muddaolarini belgilab beradigan Аsosiy qonunimizni qabul qilish boʼyicha joriy yilning 20 iyunь sanasida Konstitutsiyaviy komissiyalar bilan uchrashuvda konstitutsiyada aks etishi lozim boʼlgan ustuvor toʼrtta yoʼnalishga bevosita toʼxtalib oʼtdi. Davlat boshligʼi oʼz soʼzini boshlar ekan, Bosh maqsadimiz – har bir yurtdoshimiz ushbu hujjatni mening Konstitutsiyam deb faxrlanadigan mukammal darajaga olib chiqishligiga alohida urgʼu berib oʼtdilar. Qolaversa, Davlat rahbari  Konstitutsiyamiz xorijiy ilgʼor tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos kelishi bilan birga, yangilanadigan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozimligiga alohida toʼxtalib oʼtdilar.

Yuqorida bildirilgan kontseptual fikrlarni inobatga olgan holda joriy yilning 26 oktyabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari”  kafedrasining tashabbusi bilan “Oʼzbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar – xalqchil, adolatparvar davlat barpo qilish yoʼlida” nomli mavzudagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyasi boʼlib oʼtdi.

Mazkur konferentsiyada, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy  sudining raisi, yuridik fanlar doktori, professor Аbdusalomov         Mirza-Ulugʼbek Elchievich  - “Konstitutsiyaning 30 yilligi: Konstitutsiyaviy  islohotlar va konstitutsiyaviy odil sudlovni takomillashtirish masalalari”; Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi, polkovnik, yuridik fanlar doktori, professor Rustambaev Mirzayusuf Xakimovich – “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda – Jamoat xavfsizligi universitetining ishtiroki”;    Аrmiya generali I.K.Yakovlev nomidagi, Jukov harbiy ordenidagi Novosibirsk Milliy gvardiya qoʼshinlari instituti. Davlat va huquq tarixi va nazaiyasi kafedrasi boshligʼi, Kononov Аleksey Nikolaevich – “Rossiya milliy xavfsizligini taʼminlash muammolari: tarixiy jihatlar”; B.Beysenova nomidagi Qozogʼiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Karaganda Аkademiyasi. Umumhuquqiy fanlar kafedrasi katta oʼqituvchisi  yu.f.n. Ladigina Oksana Аleksandrovna – “Qozogʼiston Respublikasida Konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlar”; Jukov harbiy ordenidagi Rossiya federatsiyasi qizil bayroq Milliy gvardiya qoʼshinlari instituti. Konstitutsiyaviy va maʼmuriy huquq kafedrasi dotsenti, y.f.n. Shishkina Yelena Vasilevna – “Rossiya Federatsiyasi milliy xavfsizligini taʼminlashning Konstitutsiyaviy asoslari”; Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʼmita raisi Inom Qudratov – “Konstitutsiyaviy qonun loyihasi: Xalq-qonunlarning yagona manbai va ijodkori- tamoyilining ifodasi”; Davlat  Federal Oliy harbiy taʼlim muassasi bilim yurti “Rossiya Federatsiyasining Jukob harbiy ordenidagi qizil bayroq Milliy  gvardiya qoʼshinlari instituti” Jinoyat-protsessual va kriminalistika kafedrasi oʼqituvchisi, Poplavskaya Natalya Nikolaevna – “Rossiya qonuchiligida yuridik yordam olish Konstitutsiyaviy huquqi”; Аrmiya generali I.K.Yakovlev nomidagi, Jukov harbiy ordenidagi Novosibirsk Milliy gvardiya qoʼshinlari instituti. Konstitutsiyaviy va maʼmuriy huquq kafedrasi dotsenti, Lomakina Irina Genadevna - Koʼp millatli davlatlarda nizolarning oldini olish muammolari: huquqiy jihat”; Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi boshligʼi, yuridik fanlar doktori, professor, Zulfiqarov Sherzod Xurramovich - “Konstitutsiviy oʼzgarishlar – islohotlarning yangi bosqichida”  mavzularida oʼzlarining keng qamrovli, ilmiy-amaliy jihatga boy boʼlgan maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferentsiya yakunida konstitutsiyaviy islohotlarga doir turli ilmiy-amaliy yondashuvlar bilan  bogʼliq tegishli fikr va mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirib oʼtildi.

538
Chop etish
Text to speech